"Liverpul" va Angliya terma jamoasining 18 yoshli vingeri Rio Ngumoa vatandoshi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
"Jud, ehtimol, hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisidir. U 17 yoshidayoq Angliya terma jamoasida o‘ynashiga ishongan, xuddi Ueyn Runi kabi.
Umid qilamanki, men ham klub va terma jamoa safida u erishgan natijalarga yeta olaman. Menimcha, bu ajoyib sayohat bo‘ladi", — dedi Ngumoa ITV Sport nashriga bergan intervyusida.
29 sentyabr kuni Ngumoa Angliya terma jamoasi safida rasmiy uchrashuvlarda debyut qildi. U Millatlar ligasi 2-turida Chexiyaga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan bahsda 19 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bellingem Angliya terma jamoasi safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt davomida u 58 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi.













