«Real»ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin joriy yilda «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqida fikr bildirdi.
«Oltin to‘p» sohibi kim bo‘ladi? Kilian Mbappe. Men uchun u — eng yaxshi futbolchi», — dedi Lunin.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili nufuzli shaxsiy sovrin Fransiya terma jamoasi va «PSJ» vingeri Usmon Dembelega nasib etgan edi.
Mbappe La Liga, UEFA Chempionlar ligasi va 2026 yilgi jahon chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 27 yoshli hujumchi hozirga qadar biror marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagan.













