Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.
Terma jamoamizning +80 kg vazn toifasidagi vakili Marat Mavlonov ishonchli ishtirok etib, musobaqaning final bosqichiga qadar yetib bordi.
Final jangidan o‘rin olgan shiddatli bahsda hamyurtimiz Eron vakili, tajribali Arian Salimiyga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Mavlonov Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 68 taga yetdi — 21 oltin, 24 kumush va 23 bronza.













