Kataloniyaning «Barselona» klubiga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Mark Bernal faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish uchun bir nechta variantga ega.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 19 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Londonning «Chelsi» hamda «Manchester Yunayted» klublari ham Bernalning faoliyatini kuzatib bormoqda.
Markning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Joriy mavsum Ispaniya chempionatida yarim himoyachi yettita o‘yinda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













