«Bornmut»ning chap qanot himoyachisi Adriyen Tryuffer «Manchester Yunayted» e’tiborida.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Angliya grandi 24 yoshli futbolchini sinchiklab kuzatmoqda va unga qiziqishini yashirmayapti. Tryufferning o‘zi ham «Manchester Yunayted»ga o‘tishga qarshi emas.
Biroq «Bornmut» transfer muzokaralarida qat’iy pozisiyasi bilan tanilgani bois, kelishuvga erishish oson bo‘lmasligi mumkin.
Tryuffer joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.













