«Bavariya» va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanishich Angliyaga qarshi o‘yin oldidan «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lardi, degan savolga javob berdi.
«Albatta, men ovozimni Xarri Keynga bergan bo‘lardim. Xarri — bu faqat gollar va golli uzatmalar degani emas. Men uning jamoa uchun qanchalik ko‘p mehnat qilishini va himoyada ham yordam berishini ko‘raman. Shu jihatdan u jamoa uchun juda muhim.
Keynni qanday to‘xtatish mumkin? Bu juda qiyin. Uning harakatlarini doimo kuzatib turish kerak, chunki unga gol urish uchun bir soniyaning o‘zi kifoya», — deya Stanishichning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.
Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi UYEFA Millatlar ligasi uchinchi tur uchrashuvi 3 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.













