Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

«Komo» «Borussiya D» futbolchisini xarid qilmoqchi

«Komo» «Borussiya D» futbolchisini xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Komo»da joriy mavsum oxiriga qadar Dortmundning «Borussiya» klubidan ijaraga olingan braziliyalik himoyachi Yan Koutuning o‘yinidan mamnun.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, Italiya klubi rahbariyati kelasi yozda Koutuni 22 million yevroga sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

24 yoshli himoyachi Sesk Fabregas jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsum Italiya chempionatida Koutu beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta sariq kartochka oldi.

Ayni paytda «Komo» 10 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:55, 03.10.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик