Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha final bahsida Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Yaponiyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Tomonlar tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi.
Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol 61-daqiqada urildi. Eom Ji Sun Yaponiya darvozasini ishg‘ol qilib, Janubiy Koreyani oldinga olib chiqdi — 1:0.
Qolgan daqiqalarda yaponlar hisobni tenglashtirishga urinishdi, biroq koreyaliklar minimal ustunlikni saqlab qolishdi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya U-23 Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yaponiya esa kumush medal bilan kifoyalandi.
Osiyo o‘yinlari. Final
Janubiy Koreya — Yaponiya — 1:0
Gol: Eom Ji Sun, 61 — 1:0.













