«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Skoulz, agar «Manchester Siti» tekshirilayotgan moliyaviy qoidabuzarliklar davrida qo‘lga kiritgan Angliya Premyer-ligasi chempionliklaridan mahrum etilsa, chempionlik medalini olishni istashini aytdi.
«Sobiq jamoadoshlarimning «ulardan sovrinlarni olib qo‘yish kerak», deb aytishlarini doim eshitaman, ammo o‘zlari medal olishni xohlamaydi... Hammasiga qo‘l siltadim. Men ochko‘zman — o‘z medalimni xohlayman», — deb yozdi sobiq yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzishda aybdor deb topgan edi. Biroq klubga nisbatan yakuniy jazo hozircha belgilanmagan.













