«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shogirdlaridan biri bilan suhbat o‘tkazdi. Gap asosiy tarkibdagi barqaror o‘rnini yo‘qotgan o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde haqida ketmoqda.
Flik Kundega bo‘lgan ishonchini to‘liq yo‘qotmagan, ammo fransuz futbolchisi jamoada qolishni istasa, imkon qadar tezroq o‘yinini yaxshilashi kerak. Bu haqda El Nacional nashri L’Equipe manbasiga tayanib xabar berdi.
«Murabbiy Kunde bilan shaxsan gaplashib, agar u bundan keyin ham ishonchni oqlamasa, Flik uni himoya qila olmasligini tushuntirgan. Boshqacha aytganda, «Barselona» oxir-oqibat uni transferga qo‘yishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Flik bilan bo‘lgan ushbu suhbat 27 yoshli Kunde uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘lishi kutilmoqda.













