"Milan"ning sobiq hujumchisi Aleksandr Pato Italiya klubi Madridning "Real" jamoasi forvardi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishga uringani haqida gapirdi.
"Men Kardinale uni "Milan"ga olib kelishga uringanini bilaman, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Bir necha kun oldin Kopengagenda biroz suhbatlashdik. U "Milan" haqida juda qayg‘uradi va klub uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda", — dedi Pato La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Pato, shuningdek, Endrik boshqa jamoaga o‘tishi kerak, deb hisoblaydi.
"Menimcha, u nimanidir o‘zgartirishi kerak. "Real" tarkibidan joy olish unga oson bo‘lmayapti. Uning o‘zi bu vaziyatga qanday qarashini bilmayman, ammo u qarorni har doim agentlariga qoldira olmaydi. Menimcha, unga boshqa klub topish kerak".
Mavsumning dastlabki 8 ta o‘yinidan so‘ng Endrik "Real" safida bor-yo‘g‘i 4 daqiqa maydonda harakat qildi.













