Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

"Barselona" o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi

"Barselona" o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Braziliyalik futbolchi Dodo "Fiorentina"ni tark etishi mumkin. U klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri.

Futbolchining bu qarorini tushunish mumkin, chunki unga Ispaniya chempionati yetakchilaridan biri bo‘lgan "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi nuqtai nazaridan, jamoaga himoyada, ayniqsa o‘ng qanotda ishonchlilik yetishmayapti. Hozir bu pozisiyada Erik Garsiya harakat qilmoqda, yaqin vaqtgacha esa Jyul Kunde o‘ynardi. Dodo ushbu muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin.

Vaziyat kelasi yozgacha o‘zgaradimi yoki transfer masalasi yanvar oyidayoq hal bo‘ladimi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 22:14, 03.10.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик