Bugun, 3 oktyabr kuni Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 3-turida Ispaniya va Chexiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Ovyedodagi "Nuevo Karlos Tartyere" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsni gresiyalik bosh hakam Vasilis Fotias boshqaradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari:
Ispaniya: Rayya, Fresneda, Le Norman, Laport, Garsiya, Rodri, Olmo, Pedri, Yamal, Baena, Roberto.
Chexiya: Kinski, Sachek, Xaloupek, Kreychi, Slama, Masek, Ambros, Kral, Radosta, Glojek, Lingr.
3-guruhdagi ikki o‘yindan so‘ng Ispaniya terma jamoasi 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Chexiya esa hozircha ochko to‘plamagan va to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniyani asosiy va qo‘shimcha vaqtdagi 2:2 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etgan. Portugaliya Millatlar ligasida ikki marta g‘olib chiqqan.













