Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pato "Milan"ning bir futbolchisini alohida ta’kidladi

Pato "Milan"ning bir futbolchisini alohida ta’kidladi

Baho:
+ | -

Braziliyalik sobiq futbolchi Aleshandre Pato hozirgi "Milan" tarkibida qaysi futbolchi unga eng ko‘p yoqishini aytdi.

Sobiq hujumchi terma jamoalar tanaffusi oldidan joriy mavsumdagi ilk golini urgan Kristian Pulishichni alohida ta’kidladi.

"Hozirgi "Milan"da menga Pulishich juda yoqadi. U to‘pni so‘rash va o‘yinni o‘z zimmasiga olish uchun yetarlicha jasur, golli vaziyatlarda doim ishtirok etadi. Yaqinda jarohatdan qaytdi va hozir yana o‘z tanasiga ishonch bilan harakat qilmoqda. U "Milan"ni yana yuqori cho‘qqiga olib chiqishiga umid qilaman. Biz Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishimiz kerak", — deya Patoning so‘zlarini Milan Posts keltirdi.

Kristian Pulishich 2023 yil yozidan beri "rossoneri" sharafini himoya qilib kelmoqda. Amerikalik futbolchi 18 sentyabr kuni 28 yoshga to‘ldi.

Kiritildi: 10:13, 04.10.2026.
O'qildi: 486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик