Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Mastantuono: "Messi men uchun doim ilhom manbai bo‘lgan"

Mastantuono: "Messi men uchun doim ilhom manbai bo‘lgan"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubidan ijara asosida "Fiorentina"da to‘p surayotgan vinger Franko Mastantuono Lionel Messining yaqin orada Argentina terma jamoasini tark etishi haqida fikr bildirdi.

7 oktyabr kuni 39 yoshli afsonaning "albiseleste" safidagi xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Argentina bu bahsda Benin terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Terma jamoaga ilk bor kelishimdan oldin Messi bilan uchrashadigan lahzam haqida doimo o‘ylardim, chunki u men uchun har doim ilhom manbai bo‘lgan. Bu juda alohida lahza edi.

Uni qarshingda ko‘rish, yaqindan kuzatish... U xuddi magnitga o‘xshaydi: sen shunchaki uning harakatlarini kuzatasan va tushunishga harakat qilasan, chunki uning tafakkuri boshqa futbolchilarnikiga qaraganda mutlaqo boshqa darajada ishlaydi.

Hali bolaligimdayoq unga ijtimoiy tarmoq orqali barcha argentinaliklar nomidan minnatdorlik va qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini yozib yuborardim. Ha, ehtimol, u bu xabarlarni hech qachon ko‘rmagandir, ammo men unga shunday so‘zlarni yozishning o‘zidan xursand edim.

Menimcha, u o‘zi bilan birga o‘ynagan har bir futbolchini yaxshiroq qildi. Uning namunasi bizga hech qachon taslim bo‘lmaslikni, doimo o‘zimizga ishonishni va maqsadga erishish qiyindek ko‘rinsa ham oxirigacha borishni o‘rgatdi.

Uning Argentina uchun qilgan ishlari, ehtimol, o‘zi ham buni to‘liq anglamagan holda, aql bovar qilmas darajada buyuk", — deya Mastantuononing so‘zlarini All About Argentina keltirdi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urgan.

Kiritildi: 10:50, 04.10.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик