Gresiya terma jamoasi himoyachisi Kostas Simikas milliy jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
"Biz futbolchilar va mamlakat sifatida nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatyapmiz. Katta yutuqlarga juda yaqin turibmiz.
Har bir futbolchi yirik turnirda ishtirok etishni istaydi. Biz astoydil mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. O‘tkazgan ushbu uchta o‘yinimiz, shubhasiz, bizga katta yordam berdi.
Ular hozirgi darajaga yetib kelishimizga va jamoaviy o‘yinga yaxshiroq tayyorlanishimizga xizmat qildi", — deya Simikasning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.













