Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kroos Davide Anchelottining maqtoviga munosabat bildirdi

Kroos Davide Anchelottining maqtoviga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Davide Anchelottining o‘zi haqida bildirgan yuqori bahosiga munosabat bildirdi.

Avvalroq «Lill» bosh murabbiyi AS nashriga bergan intervyusida Kroosni «o‘yin xo‘jayini» deb atagan va uning uchrashuv sur’atini nazorat qilish qobiliyatini alohida ta’kidlagan edi.

Davide, shuningdek, Kroosning ketishi «Real» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lganini aytdi:

«Jamoaning o‘yin dinamikasi nuqtai nazaridan Tonini yo‘qotish juda og‘ir bo‘ldi».

Kroos Davidening ushbu intervyusidan videoni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi va postga yurakcha emodzisini qo‘shdi.

Toni Kroos 2014 yildan 2024 yilgacha, jami 10 yil davomida «Real» sharafini himoya qildi. Shu vaqt ichida u 465 ta uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 99 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:43, 04.10.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик