«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasidayoq Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining vakillari «Fulxem» bilan ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilgan. Shuningdek, futbolchining xizmatlari «Everton» va «Sanderlend» klublariga ham taklif qilingan.
Baldega Premyer-liganing ikki grandi — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Alexandro Balde «Barselona» asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan. Shu sabab kataloniyaliklar futbolchini ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor.
Transfermarkt portali ispaniyalik himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.













