Angliyalik hujumchi Xarri Keyn Xorvatiya termasiga qarshi safar uchrashuvida gol urdi. Bu uning milliy jamoa safida ketma-ket oltinchi safar o‘yinida darvozani ishg‘ol qilishi bo‘ldi.
Shu tariqa, «Bavariya» hujumchisi 78 yil avval o‘rnatilgan Angliya terma jamoasi rekordini takrorladi.
Keyngacha milliy jamoa safida ketma-ket oltita safar uchrashuvida gol urishni atigi uch nafar futbolchi uddalagan: Jeyms Uindrij, Tom Finni va Sten Mortensen. So‘nggi bor bunday natija 1948 yilda Mortensen tomonidan qayd etilgan edi.
Xarri Keynning safardagi golli seriyasi Andorra, Serbiya, Latviya, Albaniya, Chexiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarni qamrab oldi.













