Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Fernandesh Xoylundning Ronaldu uslubidagi gol nishonlashi haqida gapirdi

Fernandesh Xoylundning Ronaldu uslubidagi gol nishonlashi haqida gapirdi

Baho:
+ | -2

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xoylundning Portugaliya darvozasiga urgan golidan keyin Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlagani haqida fikr bildirdi.

«Men uning golni qanday nishonlaganini ko‘rdim, ammo u buni avval ham ko‘p marta qilgan. U Krishtianuning katta muxlisi ekanini bilaman. U bizga qarshi Krish maydonda bo‘lgan paytda ham shunday nishonlagan. O‘shanda u Krishtianuga yomon ta’sir qilmadimikan, deb juda xavotirlanganini eslayman.

Xoylund ham Krishtianu Ronalduni kuzatib ulg‘aygan yosh futbolchilardan biri. Portugaliya terma jamoasidagi ko‘pchiligimiz kabi u ham Krishtianuga havas qiladi. U Krishtianu Ronalduni juda yaxshi ko‘radi va uning qilgan ishlariga taqlid qilishga harakat qiladi.

Oxir-oqibat, uning golni nishonlash uslubi futbol tarixidagi eng mashhurlaridan biri. Biz uni keyingi 30, 50 yoki 60 yil davomida qanday takrorlanishini ko‘ramiz. Ronaldu — futbolda alohida o‘ringa ega bo‘lgan buyuk shaxs va ikona», — dedi Fernandesh BeanymanSports’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan videoda.

Kiritildi: 15:10, 04.10.2026.
O'qildi: 1290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик