«Liverpul» va Madridning «Atletiko» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalning o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ushbu jamoalar bosh murabbiylari Andoni Iraola va Diyego Simeone futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Bu haqda jurnalist Xuan Jezus X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni o‘zining asosiy tarkibda o‘ynashga munosib ekaniga ishontirmoqchi. Flik hozircha Bernalni ushbu pozisiyada birinchi tanlov sifatida ko‘rmayapti.
Agar yarim himoyachi jamoadagi rolidan norozi bo‘lib qolsa, uni ijaraga berish emas, balki to‘liq transfer qilish ehtimoli paydo bo‘ladi. «Barselona» Bernalni sotishni istamoqda va faqat futbolchining o‘zi jamoadan ketishni so‘ragan taqdirdagina uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Bernal joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













