Portugaliya iqtisodiyot vaziri Manuel Kashtru Almeyda «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakatning xalqaro imijiga juda katta ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
«Krishtianu Ronaldu Portugaliya brendini targ‘ib qilish va uning qadrini oshirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. U — Portugaliyadan chiqqan eng mashhur inson. Ko‘pchilik mamlakatimizni aynan Krishtianu tufayli taniydi.
Portugaliya kelajakda ham bu imkoniyatga tayana olsa, yaxshi bo‘lardi. Mamlakat brendini targ‘ib qilish nuqtai nazaridan Krishtianu juda katta ahamiyatga ega. U Portugaliya brendiga berayotgan salohiyatdan foydalanishni davom ettirish mamlakat uchun juda foydali bo‘lardi», — dedi Almeyda.
Avvalroq Ronaldu Kopengagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan murabbiy bilan yuzaga kelgan mojaro sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. O‘sha bahs 4:2 hisobida yakunlangan.
Shundan so‘ng Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqaldi.













