«Real» Jud Bellingemni yuqori baholaydi va yaqin vaqt ichida angliyalik yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish masalasini hal qilishni istamoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar muzokaralarda sezilarli oldinga siljigan va Bellingem bilan yangi mehnat shartnomasini yil oxiriga qadar rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Manba xabar berishicha, «Real» Bellingemning yillik maoshini 30 million yevrogacha oshirmoqchi. Ayni paytda angliyalik futbolchi yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Bellingemning yangi shartnomasi kamida 2031 yil o‘rtalarigacha amal qilishi kutilmoqda. Biroq shartnomaning aniq muddati hozircha belgilanmagan.
Jud Bellingem «Real» safida 148 ta uchrashuv o‘tkazib, 49 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













