Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherkini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu qiziqish «shaharliklar»ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanayotgani bilan bog‘liq vaziyat fonida kuchaygan. Bu haqda foot01.com xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti»ga jiddiy sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligi sabab ko‘plab klublar jamoadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sherki esa «PSJ»da juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Qayd etilishicha, parijliklar Sherki hali Fransiya Liga 1 da «Lion» sharafini himoya qilgan paytda ham uni transfer qilishga uringan.
23 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozidan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda.













