Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal yosh bo‘lishiga qaramay, milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi assistentlar qatoriga kirib ulgurdi.
19 yoshli futbolchi Ispaniya MTJ safida 35 ta uchrashuvda 14 ta golli uzatma amalga oshirgan va bu ko‘rsatkich bilan terma jamoa tarixida 6-o‘ringa ko‘tarilgan.
Ispaniyaning assistlar bo‘yicha eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida Sesk Fabregas yetakchilik qilmoqda. U milliy jamoada 110 ta o‘yinda 36 ta golli uzatma qayd etgan. Keyingi o‘rinlardan David Silva — 32, Andres Inyesta — 30, Xavi — 24 va Jordi Alba — 22 ta assist bilan joy olgan.
Ispaniya MTJ tarixida eng ko‘p assist qilgan futbolchilar:
— Sesk Fabregas — 36 assist
— David Silva — 32
— Andres Inyesta — 30
— Xavi — 24
— Jordi Alba — 22
— Lamin Yamal — 14
E’tiborlisi, Yamal bu natijaga atigi 19 yoshida erishdi. Uning oldida hali katta xalqaro faoliyat turganini hisobga olsak, yaqin yillarda Ispaniya terma jamoasining assistlar bo‘yicha mutlaq rekordi uchun ham kurash olib borishi mumkin.













