Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jyul Kunde: «Hali xulosa qilishga erta»

Jyul Kunde: «Hali xulosa qilishga erta»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde xalqaro tanaffusning yangi formati haqida fikr bildirdi.

«Hozircha unga baho berish qiyin. Biz bu yerda 14 kundan beri turibmiz, avval bunday bo‘lmagan. Qisqa vaqt ichida ko‘plab o‘yinlar o‘tkazishga to‘g‘ri kelmoqda. Tarkibimiz katta, shuning uchun murabbiy o‘yin vaqtini futbolchilar o‘rtasida taqsimlashi kerak.

Hozircha bu format menga yoqadimi yoki yo‘qmi, ayta olmayman. Menimcha, xulosa qilish uchun hali juda erta», — deya Kundening so‘zlarini Le Parisien keltirdi.

Sentyabr oyida Fransiya Millatlar ligasini Turkiya va Belgiya ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabalar bilan boshladi. 2 oktyabr kuni Zinedin Zidan shogirdlari Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Fransiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 5 oktyabr kuni o‘z maydonida Belgiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:28, 04.10.2026.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик