Bugun Qibraydagi stadionda «Lokomotiv» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sermahsul kechgan bahsda Namangan klubi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Suhrob Nurulloyev «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Muhammadqodir Hamraliyev hisobni tenglashtirdi.
Birinchi bo‘lim yakunida Jasur Yaxshiboyev «Lokomotiv»ga yana ustunlikni qaytardi. 59-daqiqada esa u o‘zining ikkinchi golini urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shundan so‘ng «Navbahor» tashabbusni qo‘lga oldi. 76-daqiqada Asad Rahimjonov hisobni qisqartirdi, 85-daqiqada esa Jasur Jaloliddinov penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Uchrashuvning 89-daqiqasida Anasxon Kamolov gol kiritib, «Navbahor»ning irodali g‘alabasini ta’minladi.
«Lokomotiv» — «Navbahor» — 3:4
Gollar: Suhrob Nurulloyev, 16 — 1:0; Muhammadqodir Hamraliyev, 26 — 1:1; Jasur Yaxshiboyev, 45 — 2:1; Jasur Yaxshiboyev, 59 — 3:1; Asad Rahimjonov, 76 — 3:2; Jasur Jaloliddinov, 85 (penalti) — 3:3; Anasxon Kamolov, 89 — 3:4.













