Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Kunde Zidanning futbolchilar bilan muloqoti haqida gapirdi

Kunde Zidanning futbolchilar bilan muloqoti haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde Zinedin Zidan qo‘l ostidagi milliy jamoadagi ish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Zidan va yangi murabbiylar shtabi haqida:

«Hammasi juda yaxshi ketmoqda. Murabbiy futbolchilarga juda yaqin, maydonda ham, uning tashqarisida ham muloqot qilishni yaxshi ko‘radi. Murabbiylar shtabi ham bizga yanada kuchli bo‘lishimiz uchun doimo maslahat berishga va yordamlashishga tayyor».

Zidanning o‘yin uslubi haqida:

«To‘pni yo‘qotganimizda agressiv harakat qilishga, yuqori pressing uyushtirishga va raqibga himoyadan oson chiqib ketish imkonini bermaslikka harakat qilamiz.

To‘p bizda bo‘lganida nazoratni saqlashni istaymiz, ammo vaziyat talab qilsa, oldinga qarab tezroq va vertikal o‘ynashga ham intilamiz.

Biz to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘yinda o‘sishda davom etamiz. Har ikki jihatda ham yana rivojlanishimiz uchun imkoniyat bor», — dedi «Barselona» futbolchisi.

Kiritildi: 18:55, 04.10.2026.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик