Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka saralash bosqichida Xorvatiya ustidan 7:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. Futbolchi mazkur bahsda dubl qayd etdi.
«Bu ajoyib kecha bo‘ldi. Biz uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq yuqori saviyada o‘ynadik, katta energiya va ishtiyoq bilan harakat qildik, raqibning xatolarini jazoladik va o‘yindan zavq oldik», — deya Sakaning so‘zlarini keltiradi BBC.













