Ozarbayjon terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Litvani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 25-daqiqada urildi. Abdulla Xaybulayev Tural Bayramovning uzatmasidan so‘ng to‘pni darvoza to‘riga joyladi.
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin Litva to‘p nazoratini ko‘proq o‘z qo‘liga oldi. Biroq tanaffusga qadar hisobni tenglashtira olmadi. Ozarbayjon esa himoyada ishonchli harakat qilib, minimal ustunlikni saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin manzarasi o‘zgarmadi. Yakunda mezbonlar o‘z maydonidagi g‘alabani saqlab qolishdi.
Ozarbayjon ochkolari sonini 5 taga yetkazib, guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Litva 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.













