Yarim himoyachi Rodrigo de Paul yaqin vaqt ichida Argentina terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin.
"Albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni 32 yoshli futbolchini faqat Lionel Messining Beninga qarshi xayrlashuv uchrashuvi uchun terma jamoaga chaqirdi. Avvalgi o‘yinlarda esa de Paul qaydnomadan joy olmagan edi.
ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, Skaloni Messi terma jamoani tark etganidan keyin quriladigan yangilangan tarkibda de Paulga joy bermasligi mumkin.
De Paulning Madridning "Atletiko" klubidan "Inter Mayami"ga o‘tishi uning faoliyatida jiddiy orqaga qadam sifatida baholanmoqda. Shu sabab futbolchining Argentina termasidagi kelajagi katta so‘roq ostida qolgan.
Argentina va Benin o‘rtasidagi uchrashuv 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.













