"Monako" va AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun yaqin transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik forvardni Turinning "Yuventus", "Everton", shuningdek, Saudiya Arabistonining "Ay-Nasr" va "Al-Ittihod" klublari o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
Transfermarkt portali Balogunning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Uning "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.













