Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Angliyalik futbolchi "Qirollik klubi" safida mavsumni juda yaxshi boshladi. Shuningdek, u yaqinda Angliya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi uchrashuvida (7:0) ham ajoyib o‘yin namoyish etib, bir gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Menimcha, Bellingem ayni paytda eng mukammal yarim himoyachi. Jud eng yaxshi formasida bo‘lsa, u dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi", — deya Kroosning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
Toni Kroos 2014 yildan 2024 yilga qadar "Real" sharafini himoya qilgan.
Jud Bellingem joriy mavsumda Joze Mourinyo jamoasi safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirdi.













