Gresiya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramadi.
Ivan Yovanovich shogirdlari bugun o‘z maydonida Germaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 27 sentyabr kuni esa Gresiya nemislarni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Shuningdek, greklar Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi va Serbiyani 2:1 hisobida yengdi.
To‘rt turdan so‘ng Gresiya A divizioni 2-guruhida 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Yetakchi Niderlandiya hisobida ham 8 ochko bor.
Germaniya 5 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Serbiya hozircha biror ochko ololmagan.













