Xorvatiya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich «ko‘k-anorranglilar»ning eng afsonaviy avlodini aytdi.
«Xavi, Inyesta va Puyol avlodi hozirgi futbolchilar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ular haqiqiy afsonalar. Hech kim hech qachon 2010 yil avlodi bilan tenglasha olmaydi», — deya xorvat futbolchisining so‘zlarini The Touchline akkaunti ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2014 yildan 2020 yilgacha kataloniyaliklar jamoasida o‘ynagan. Xorvat futbolchisi «Barselona» bilan birga to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek, 2014/2015 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.













