Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Tuxel Keyn haqida: «Bunday darajadagi hujumchilar boshqalardan biroz farq qiladi»

Tuxel Keyn haqida: «Bunday darajadagi hujumchilar boshqalardan biroz farq qiladi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi o‘yin oldidan hujumchi Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.

"Jahon futbolida bunday darajadagi barcha markaziy hujumchilar, qaysi chempionatda o‘ynashidan qat’i nazar, boshqalardan biroz farq qiladi.

Ular buni faqat jamoa g‘alabasi uchun emas, balki o‘zlari va rekordlar uchun ham qiladi: "Yana qancha gol ura olaman? Qancha golli uzatma bera olaman? Keyingi rekord qaysi bo‘ladi?"

Aynan shu narsa ularni oldinga yetaklaydi va bu yaxshi. Bunday darajadagi, shaxsiy maqsadlari bo‘lmagan hujumchini topa olmaysiz", — dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Angliya joriy Millatlar ligasida uchta uchrashuv o‘tkazdi. Birinchi turda Tuxel jamoasi Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, keyin safarda Chexiyani 2:0 hisobida yengdi. Oldingi bahsda esa angliyaliklar Xorvatiyani 7:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Kiritildi: 16:49, 05.10.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик