Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning yordamchisi Entoni Barri hujumchi Garri Keyn haqida fikr bildirdi.
40 yoshli mutaxassisning aytishicha, «uch sherlar» sardori hujumlarni yakunlash borasida hatto Krishtianu Ronaldudan ham ustun. Barri portugaliyalik yulduzni Portugaliya terma jamoasida birga ishlagan davridan yaxshi biladi.
«Keyn men faoliyatim davomida birga ishlagan barcha futbolchilardan yaxshiroq zarba beradi. U men ko‘rgan barcha buyuk gol urivchilardan, jumladan Krishtianu va boshqalardan ham ustun.
Siz buni fenomenal qobiliyat deyishingiz mumkin, ammo Garri uchun bu odatiy hol. U to‘pni bir nuqtaga juda aniq yo‘naltira oladi. Bunday narsani hech qachon ko‘rmaganman. Eng ajablanarlisi, u buni har ikki oyog‘ida ham birdek bajaradi», — dedi Barri.
Garri Keyn Millatlar ligasining joriy mavsumida uchta uchrashuvda 4 ta gol urgan.













