Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Karrager: «Manchester Siti»ning har bir safardagi o‘yinida endi keskin muhit hukm suradi»

Karrager: «Manchester Siti»ning har bir safardagi o‘yinida endi keskin muhit hukm suradi»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgan «Manchester Siti»ning Angliya Premyer-ligasidagi joriy mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u boshqa klublar muxlislari «Siti»ga qanday munosabat bildirishi mumkinligini aytdi.

«Menimcha, endi “Siti” uchun bu mavsumda qandaydir yutuqqa erishish juda qiyin bo‘ladi. Albatta, mavsum davomida sanksiyalar qo‘llanishi mumkin, ammo menimcha, endi “Manchester Siti”ning har bir safardagi o‘yinida juda keskin muhit hukm suradi.

Afsuski, hozir hamma “Manchester Siti”ning qonini istamoqda. Aniqrog‘i, futbolchilari va bosh murabbiyining qonini. Shuning uchun ularga qandaydir natijaga erishish juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylayman», — deya Karragerning so‘zlarini Sky Sports keltiradi.

Kiritildi: 16:22, 06.10.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик