Tojikiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol ikkinchi bo‘limda urildi, Xitoy terma jamoasi esa uchrashuvni kamchilikda yakunladi.
Golsiz o‘tgan birinchi bo‘limdan so‘ng 53-daqiqada hisob ochildi. Tojikiston himoyachisi Vahdat Hanonov o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Xitoy hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo ko‘p o‘tmay yanada qiyin vaziyatga tushib qoldi. 59-daqiqada Shixao Vey qizil kartochka oldi va muddatidan avval maydonni tark etdi. 10 kishi bo‘lib qolgan mezbonlar ikkinchi golni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilishga majbur bo‘ldi.
Tojikiston son jihatdan ustunlikdan foydalandi va yakuniy hushtakka qadar minimal ustunligini saqlab qoldi.













