Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Aston Villa" Endrik uchun kurashda asosiy favoritga aylandi

"Aston Villa" Endrik uchun kurashda asosiy favoritga aylandi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" 2027 yil yanvarda Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Endrik o‘yin amaliyoti yetishmayotganidan tobora norozi bo‘lmoqda va kutilganidek, yanvarda yana ijara asosida boshqa klubga yo‘l olishi mumkin. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Lion" safida o‘ynab, yaxshi taassurot qoldirgan edi.

Avvalroq Endrikka Italiya klublari ham qiziqish bildirgan. "Roma" yozdayoq uni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishishga uringan, hozir ham rimliklar hujumchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Shuningdek, "Milan" ham futbolchi uchun faol kurash olib bormoqda.

Ayni paytda "Aston Villa" Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani va jamoani Unai Emeri boshqarayotgani sababli asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. "Roma" ham Chempionlar ligasida qatnashyapti, "Milan" esa da’vogarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turibdi.

Shu bilan birga, Endrikning keyingi klubni tanlashida hal qiluvchi omil muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyati bo‘ladi.

Kiritildi: 21:20, 06.10.2026.
O'qildi: 314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик