"Xetafe" Dani Karvaxalning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi - Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv amalga oshmoqda.
Avvalroq "Real Madrid"ning sobiq himoyachisi murabbiy Pepe Bordalas qo‘l ostida o‘ynash imkoniyatiga ijobiy munosabatda ekanligi xabar qilingan edi.
Karvaxal "Xetafe"ga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb tasdiqladi Romano ABS nashriga.
34 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga muvofiq La Liganing tasdiqlanishini kutib, transferni e’lon qilishga tayyor.
Karvaxal 2013 yildan beri o‘ynab kelayotgan "Real Madrid"ni shu yozda tark etdi. U klub safida barcha musobaqalarda 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 65 ta golli uzatma bergan.













