Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Tyuram tizzasidagi operasiyadan keyin tiklanishni davom ettirmoqda

Tyuram tizzasidagi operasiyadan keyin tiklanishni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Fransiyalik futbolchi 3 sentyabr kuni jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi.

Goal nashri ma’lumotiga ko‘ra, Tyuram keyingi ikki haftani Lionda o‘tkazadi. Aynan shu yerda unga operasiya qilingan va futbolchi mahalliy shifokor nazorati ostida reabilitasiya jarayonini davom ettiradi.

Tyuram og‘riqsiz mashg‘ulot o‘tkazishiga xalaqit bergan va shish paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan muammolar tufayli o‘ng tizzasidan operasiya qilingan.

Liondagi ikki haftalik tiklanish jarayonidan so‘ng futbolchi Turinga qaytib, reabilitasiya va maydonga qaytishga tayyorgarlikning keyingi bosqichini boshlaydi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Tyuram 2027 yil yanvaridan oldin maydonga qayta olmaydi.

Kiritildi: 21:27, 06.10.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик