Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Tresoldi Kloppga rad javobi bergani haqida: "U hammasini juda yaxshi tushundi"

Tresoldi Kloppga rad javobi bergani haqida: "U hammasini juda yaxshi tushundi"

Baho:
+ | -

"Bryugge" hujumchisi Nikolo Tresoldi Italiya va Germaniya milliy terma jamoalaridan tushgan takliflarni rad etganini ma’lum qildi. Italiya va Germaniya fuqaroligiga ega 20 yoshli futbolchi hozircha kelajakda qaysi milliy jamoa sharafini himoya qilishini tanlashni istamayapti.

"Kloppga rad javobi berdimmi? U hammasini juda yaxshi tushundi. Biz juda yaxshi suhbatlashdik. U ajoyib murabbiy va ajoyib inson. Bu suhbat va meni qo‘llab-quvvatlagani uchun undan juda minnatdorman. Men juda hayajonlanayotgandim, ammo yakunda bu shunchaki juda ijobiy suhbat bo‘ldi", — dedi Trezoldi RanSport nashriga bergan intervyusida.

Futbolchi, shuningdek, Manchini ham u bilan bog‘langanini tasdiqladi.

"Bunday muvaffaqiyatli ikki murabbiy men bilan suhbatlashish uchun vaqt ajratgani men uchun alohida his. Bu men to‘g‘ri yo‘lda ekanimni ko‘rsatadi. Ularning har ikkisiga ham juda minnatdorman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz".

Shu bilan birga, Trezoldi hozir Germaniya yoki Italiya milliy terma jamoasi haqida o‘ylashni istamayotganini ta’kidladi.

"Butun e’tiborim Germaniya yoshlar terma jamoasiga qaratilgan. Men uchun hozir hamma narsa shu uchta o‘yin bilan bog‘liq. Ularning ikkitasida g‘alaba qozondik, yana bittasi qoldi. Men g‘alaba qozonishni, gollar urishni xohlayman, keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz".

9 turdan so‘ng Germaniya yoshlar terma jamoasi Yevropa chempionati saralash guruhida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bugun kechqurun jamoa Gruziyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:34, 06.10.2026.
O'qildi: 291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик