Kilian Mbappe tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng "Real"ning navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni fransiyalik hujumchi Madrid klubining bazasida jamoadoshlariga qo‘shildi va "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuv oldidan tiklanish jarayonini davom ettirdi.
Mbappe dushanba kuni ertalab Madridga qaytib kelgan. O‘sha kuni u murabbiylar shtabi nazorati ostida jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsa, keyingi mashg‘ulotda qolgan futbolchilar bilan birga ishlay boshladi.
Mbappe joriy La Liga mavsumida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Real" navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni o‘z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazadi.













