Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Pirs Morgan: "Ronalduga munosib hurmat ko‘rsating"

Pirs Morgan: "Ronalduga munosib hurmat ko‘rsating"

Baho:
+ | -

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar fonida uni himoya qildi.

"Krishtianu haqida shunchalik ko‘p bema’ni gaplar yozilyapti va aytilyaptiki... Bu uning butun faoliyati davomida aslida qanday inson ekanini umuman bilmaydigan odamlar tomonidan bildirib kelinayotgan o‘sha-o‘sha g‘arazli, kinoyali va hasadga to‘la gaplar. Men esa uni yaxshi bilaman: u ajoyib inson va undan ham buyukroq futbolchi. Bu sport afsonasiga u munosib bo‘lgan hurmatni ko‘rsating", — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.

Ronaldu va Jorje Jezush o‘rtasidagi mojaro sentyabr oyi oxirida yuz bergan. 41 yoshli hujumchi Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan va yakunda almashtirish orqali ham maydonga tushmagan.

Oradan uch kun o‘tib, Krishtianu milliy terma jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etgan.

Kiritildi: 21:42, 06.10.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик