16 yoshli Jey-Jey Gabrielning vakillari yosh futbolchi "Sabax", "Brayton" va "Bornmut"ga qarshi o‘yinlarda kamida 20 daqiqadan maydonda harakat qilishini talab qildi. Aks holda, ular "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlamaydi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Gabriel 16 sentyabr kuni "Brayton"ga qarshi Liga kubogi uchrashuvi oldidan asosiy jamoa safini tark etganidan so‘ng "Manchester Yunayted" bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida yarashuv belgilari deyarli ko‘rinmayapti. Futbolchining vakillari klub unga berilgan ayrim va’dalarni bajarmagan, deb hisoblamoqda.
Gabriel "Brayton"ga qarshi bahsda asosiy jamoa safida debyut qilishi kerak edi. Biroq o‘yin vaqti masalasidagi kelishmovchilik tufayli uning vakillari futbolchining ro‘yxatdan o‘tkazilishini bekor qilishni talab qilgan.
Gabriel yozda "Manchester Yunayted" safida "Atletiko"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan, ammo jamoaning Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga kiritilmagan.
Agar boshqa klublarning Gabriel bilan qonunga xilof ravishda aloqaga chiqqanini tasdiqlovchi dalillar paydo bo‘lsa, "Manchester Yunayted" huquqshunoslar yordamiga murojaat qilishga tayyor.
Avvalroq OAVda futbolchiga "Real" va "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













