Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Arda Gyuler Turkiya futboli tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Arda Gyuler Turkiya futboli tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Transfermarkt portali futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng 100 million yevrolik ko‘rsatkichga yetdi.

21 yoshli futbolchining narxi 10 million yevroga oshdi va u tarixda bozor qiymati 100 million yevroga yetgan birinchi turkiyalik futbolchiga aylandi.

Gyuler "Real" safida mavsumni muvaffaqiyatli boshlagani uchun yuqori baholandi. U 7 ta uchrashuvda 4 ta samarali harakatni o‘z hisobiga yozdirdi.

2023 yilda "Fenerbaxche"dan Madrid klubiga o‘tganidan beri yarim himoyachining bozor qiymati qariyb 7 baravarga oshdi — 15 million yevrodan 100 million yevrogacha.

Tarixdagi eng qimmat turkiyalik futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni "Yuventus" vingeri Kenan Yildiz egallab turibdi. Uning bozor qiymati 75 million yevroga baholangan.

"Ayntraxt" futbolchisi Jan Uzun esa 45 million yevrolik ko‘rsatkich bilan Hakan Chalhano‘g‘li va Chag‘lar So‘yundjyu bilan birgalikda uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Chalhano‘g‘li 2024 yilda "Inter" safida, So‘yundjyu esa undan uch yil avval "Lester"da o‘ynagan paytida 45 million yevrolik qiymatga yetgan.

Kiritildi: 21:48, 06.10.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик