Angliyalik sobiq futbolchi Mayka Richards Jud Bellingemni Koul Palmer va Fil Foden bilan taqqosladi.
"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi 23 yoshli "Real" yarim himoyachisi deyarli barcha jihatda juda kuchli ekanini, biroq ayrim texnik xususiyatlarda vatandoshlaridan ortda qolishini ta’kidladi.
"Bellingemda Palmerdagidek kreativlik yo‘q va u to‘pni Fodendek mahorat bilan qabul qilmaydi. Ammo qolgan barcha jihatlarda u 10 balldan 9 ga loyiq darajada o‘ynaydi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa 10 balldan 10. U qilayotgan har bir ishiga ishonadi", — dedi Richards The Rest Is Football podkastida.
Jud Bellingem Angliya terma jamoasi safida 59 ta uchrashuvda 14 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













