Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Alisson "Liverpul"dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin

Alisson "Liverpul"dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker katta ehtimol bilan "Enfild"dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormayapti. Amaldagi kelishuv esa kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Qayd etilishicha, Alissonning hozirgi shartnomasida hamkorlikni avtomatik tarzda davom ettirish imkonini beruvchi hech qanday band yo‘q. Shu sababli, agar "Liverpul" fikrini o‘zgartirib, futbolchini jamoada saqlab qolishni istasa, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olishiga to‘g‘ri keladi.

Manba, shuningdek, avvalroq Alissonga "Yuventus" qiziqish bildirganini ta’kidladi. Turin klubi braziliyalik darvozabon uchun yana kurashga qo‘shilishi mumkin.

Joriy mavsumda 34 yoshli Alisson barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi. U 3 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 21:54, 06.10.2026.
O'qildi: 205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик