Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Arsenal" 50 million yevroga "Inter" hujumchisini sotib olishi mumkin

"Arsenal" 50 million yevroga "Inter" hujumchisini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi kelasi yil jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, APL chempioni 21 yoshli italiyalik hujumchi Pio Espozito bilan qiziqmoqda. Futbolchining transfer huquqlari Milanning "Inter" klubiga tegishli.

"Arsenal" skautlari xalqaro tanaffus paytida ehtimoliy yangi futbolchining o‘yinini kuzatgan.

Espozitoning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Uning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Joriy A Seriya mavsumida Espozito 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:55, 06.10.2026.
O'qildi: 263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик